Izohlar
Dasturlashda izohlar (comments) kod nima ish bajarayotganini tushuntirish va tavsiflash uchun yoziladigan maxsus eslatmalardir.
Masalan:
// age o'zgaruvchisini e'lon qilamiz
age := 24
// o'zgaruvchini ekranga chiqaramiz
fmt.Println(age)
Bu yerda // age o'zgaruvchisini e'lon qilamiz va // o'zgaruvchini ekranga chiqaramiz qatorlari kodda ishlatilgan izohlardir.
[!NOTE] Izohlar dastur mantig'iga va ishlashiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Ular faqat dasturchilar (kodni o'quvchilar) uchun mo'ljallangan bo'lib, Go kompilyatori tomonidan butunlay e'tiborsiz qoldiriladi.
Go dasturlash tilida izohlarning 2 ta asosiy turi mavjud:
//)/* ... */)Go tilida bir qatorli izoh yaratish uchun ikkita qiya chiziq // belgisidan foydalanamiz.
package main
import "fmt"
func main() {
// o'zgaruvchini e'lon qilamiz
age := 25
// o'zgaruvchini ekranga chiqaramiz
fmt.Println("Yosh:", age)
}
Natija:
Yosh: 25
Bir qatorli izohni to'g'ridan-to'g'ri kod yozilgan satr oxiriga ham qo'yish mumkin:
age := 25 // xodimning yoshi
Bunday holda kompilyator:
// belgisigacha bo'lgan kodni odatdagidek bajaradi;// belgisidan keyingi satr oxirigacha bo'lgan barcha yozuvlarni e'tiborsiz qoldiradi.Ko'p qatorli izohlar /* bilan boshlanadi va */ bilan tugaydi. Ularni blokli izohlar (block comments) deb ham atashadi:
package main
import "fmt"
func main() {
/* Ushbu kod xodimning oylik maoshini
saqlash uchun salary o'zgaruvchisini
yaratadi va ekranga chiqaradi */
salary := 30000
fmt.Println("Maosh:", salary)
}
Natija:
Maosh: 30000
[!TIP] Ko'p qatorli izohlar (
/* ... */) asosan dasturni sinash yoki vaqtincha katta kod bloklarini o'chirib turish uchun qulay. Oddiy kod yozishda esa Go uslubiga ko'ra bir nechta ketma-ket bir qatorli//izohlaridan foydalanish ko'proq tavsiya etiladi:example.go// xodimning oylik maoshini // saqlash uchun o'zgaruvchi salary := 30000
Izohlar dasturdagi xatolarni qidirishda va tuzatishda juda katta yordam beradi.
Masalan, dasturni ishga tushirishda xatolik yuz bersa, kodni butunlay o'chirib tashlamasdan, ma'lum bir qismini vaqtincha izohga olib sinab ko'rishimiz mumkin:
package main
import "fmt"
func main() {
age := 25
height := 170
fmt.Println("Yosh:", age)
}
Bu dasturni ishga tushirsak, Go kompilyatori quyidagi xatoni beradi:
height declared and not used
Chunki Go tilida e'lon qilingan har bir o'zgaruvchi albatta ishlatilishi shart.
Agar height hozircha kerak bo'lmasa, uni o'chirib tashlash o'rniga shunchaki izohga olib qo'yamiz:
package main
import "fmt"
func main() {
age := 25
// height := 170
fmt.Println("Yosh:", age)
}
Natija:
Yosh: 25
Endi dastur hech qanday xatosiz ishlaydi. Keyinchalik height kerak bo'lganda, uni osonlikcha izohdan chiqarib ishlatish mumkin bo'ladi.