Ikkita satr s va t berilgan. Agar t satr s satrning anagrammasi bo'lsa true, aks holda false qaytaring.
Anagram deb bironta so'z yoki gapdagi harflarning o'rinlarini almashtirish orqali yasalgan so'zga aytiladi.
func solve(s string, t string) bool {
// ...
}
Input: s = "anagram", t = "nagaram"
Output: true
Input: s = "rat", t = "car"
Output: false
Input: s = "a", t = "ab"
Output: false
s dagi harflar uchun oshiring va t dagi harflar uchun kamaytiring — oxirida barcha sonlar nolga teng bo'lsa, ular anagram.