72 / 103

Interfaces

Interface'lar

Interface tipi (interface type) metod signaturalari to'plami sifatida aniqlanadi.

Interface tipidagi qiymat shu metodlarni amalga oshiradigan har qanday qiymatni saqlashi mumkin.

Eslatma: misol kodning 22-qatorida xato bor. Vertex (qiymat tipi) Abser interface'ini amalga oshirmaydi, chunki Abs metodi faqat *Vertex (pointer tipi) uchun e'lon qilingan.

Topshiriqlar

Yechimni kodning pastki qismidagi Topshiriqlar bo'limiga yozing, so'ng Submit tugmasini bosing. Mavzu mustahkam o'zlashishi uchun ikkala topshiriqni ham bajaring.

1-topshiriq

Avval yuqoridagi xatoni tuzating (a = v o'rniga a = &v). Keyin Yigindi(list []Abser) float64 funksiyasini yozing: ro'yxatdagi barcha elementlarning Abs() qiymatlari yig'indisini qaytarsin.

2-topshiriq

EngKatta(list []Abser) Abser funksiyasini yozing: Abs() qiymati eng katta bo'lgan elementni qaytarsin (ro'yxat bo'sh emas).