Metodlar
Goda klasslar yo'q. Lekin tiplar uchun metodlar (methods) e'lon qilish mumkin.
Metod — maxsus receiver argumentiga ega funksiya.
Receiver func kalit so'zi bilan metod nomi orasida, o'zining argumentlar ro'yxatida turadi.
Bu misolda Abs metodi Vertex tipidagi, v deb nomlangan receiver'ga ega.
Yechimni kodning pastki qismidagi
Topshiriqlarbo'limiga yozing, so'ng Submit tugmasini bosing. Mavzu mustahkam o'zlashishi uchun ikkala topshiriqni ham bajaring.
Vertex uchun Qosh(o Vertex) Vertex metodini yozing: ikki nuqtaning koordinatalarini qo'shib, yangi Vertex qaytarsin. Masalan, Vertex{1, 2}.Qosh(Vertex{3, 4}) — Vertex{4, 6}.
Vertex uchun Kopaytir(k float64) Vertex metodini yozing: ikkala koordinatani k ga ko'paytirib, yangi Vertex qaytarsin. Masalan, Vertex{1, 2}.Kopaytir(3) — Vertex{3, 6}.