66 / 103

Methods continued

Metodlar (davomi)

Metodni struct bo'lmagan tiplar uchun ham e'lon qilish mumkin.

Bu misolda Abs metodiga ega MyFloat sonli tipini ko'ramiz.

Metodni faqat receiver'sining tipi metod bilan bir paketda e'lon qilingan bo'lsagina e'lon qilish mumkin. Boshqa paketda e'lon qilingan tipga (jumladan, int kabi o'rnatilgan tiplarga) receiver qilib metod e'lon qilib bo'lmaydi.

Topshiriqlar

Yechimni kodning pastki qismidagi Topshiriqlar bo'limiga yozing, so'ng Submit tugmasini bosing. Mavzu mustahkam o'zlashishi uchun ikkala topshiriqni ham bajaring.

1-topshiriq

MyInt (type MyInt int, tayyor) tipi uchun JuftMi() bool metodini yozing: son juft bo'lsa true qaytarsin. Masalan, MyInt(4).JuftMi() — true.

2-topshiriq

MyFloat uchun Kvadrat() MyFloat metodini yozing: sonning kvadratini qaytarsin. Masalan, MyFloat(1.5).Kvadrat() — 2.25.