Goni oflayn ishlatish (ixtiyoriy)
Bu sayohat internetga ulanmasdan ishlatish mumkin bo'lgan mustaqil dastur sifatida ham mavjud. U kod namunalarini o'zingizning kompyuteringizda yig'adi (build) va ishga tushiradi.
Sayohatni lokal ishga tushirish uchun avval Goni o'rnatishingiz, so'ng quyidagi buyruqni bajarishingiz kerak:
go install golang.org/x/website/tour@latest
Bu buyruq tour nomli bajariladigan faylni GOPATHingizdagi bin papkasiga joylaydi.
tour dasturini ishga tushirganingizda, u brauzerni ochib, sayohatning lokal versiyasini ko'rsatadi.
Albatta, sayohatni shu sayt orqali davom ettirishingiz ham mumkin.